Xorijdagi o‘zimiznikilar: Bloomberg va Amazondan ish taklifi olgan Javohir Jo‘rahodjayev hikoyasi

Talab yuqoriligi va qiziqishlari sabab ma’lumotlar muhandisi bo‘lishga qaror qilgan, ammo O‘zbekistonda bu sohada ish topa olmay python developer bo‘lib karyerasini boshlagan Javohir Jo‘rahodjayev Berlindagi o‘qishi, Bloomberg va Amazonga ishga kirish jarayonlari haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Garvard universiteti qoshidagi Radcliffe instituti tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda

Bir yillik dastur ishtirokchilariga $78 ming miqdorida stipendiya, yana $5 ming esa boshqa xarajatlarni qoplashga ajratiladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Shengen vizasi o‘zi nima, uni qayerdan va qanday olish mumkin?

Spot Shengen vizasi nima uchun kerakligi, hujjatlar ro‘yxati va qayerlarga murojaat qilish mumkinligi haqida ma’lumotlarni to‘pladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Kartalarga ishonchsizlik, naqd pul aylanmasining o‘sishi: p2p o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mutaxassislar fikri

“Spot” bank va fintex sohalari vakillari bilan Markaziy bank hamda Soliq qo‘mitasi o‘rtasida bank sirini o‘z ichiga olgan ma’lumotlar almashinuvining mumkin bo‘lgan xavflari haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Biznes tarixi: Tesla elektromobillar brendi qanday paydo bo‘lgan?

Mazkur maqolada “Tesla” brendi qanday tashkil etilgani va asoschilari, rivojlanish tarixi, zavodlari hamda nuqson sabab qaytarib olingan avtomobillari haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, yangiliklar


Ipoteka krediti uchun subsidiya olishga arizalarni qanday jo‘natish mumkin? Qo‘llanma

15-maydan Yagona portal orqali arizalar qabuli boshlandi. Xizmatdan bepul va hech qanday hujjatlarsiz foydalanish imkoniyati mavjud.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Uch oyda O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 1,5 mlndan oshdi.
    Eng ko‘p sayyohlar oqimi 536,5 ming nafar bilan Tojikistonga to‘g‘ri keladi.
  2. Neuralink chipi o‘rnatilgan bemorda birinchi muammolar paydo bo‘ldi.
    Qayd etilishicha, bemor miyasi implantni rad eta boshlagan va elektrodlar bilan aloqani yo‘qotmoqda.
  3. TikTok yangi qidiruv imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
    Buning uchun ishlab chiquvchilar neyron tarmoq imkoniyatlarini qo‘shadi. ChatGPT foydalanuvchilarga ko‘proq foydali ma’lumotlarni olishga yordam beradi.
  4. Toshkentdagi chorraha va ko‘chalar ta’mirlanadi.
    Ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarining asosiy qismi joriy yilning sentabrigacha amalga oshiriladi.
  5. Xarajatlarning bir qismini qoplashga qaratilgan — Energetika vaziri elektr va gaz tariflari oshirilishi haqida.
    Jo‘rabek Mirzamahmudov narxlar oshirilishining asosiy omili gaz va mazut importi inobatga olinganini qayd etdi.
  6. O‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda. Oylik maosh — 900 yevro.
    Nomzodlar 18−50 yosh oralig‘ida bo‘lishi va rus tilini bilishi kerak. Arizalar 20-maygacha qabul qilinadi.
  7. Uzbekistan Airways Haj mavsumida Madinaga charter reyslarni amalga oshiradi.
    Yo‘lovchi parvozlari 23-maydan boshlanib, 7-iyungacha davom etadi.
  8. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining progressiv shkalasiga o‘tish hali rejalarga kiritilmagan — Soliq qo‘mitasi.
    Qo‘mitaning Spot’ga aniqlik kiritishicha, mazkur masalada soliq xodimi Timur Ismoilov o‘zining shaxsiy fikrini bildirgan.
  9. O‘zbekiston Malayziya bilan sanoat zonasini tashkil qilishi mumkin.
    Shuningdek, yashil energiya, elektronika va boshqa sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
  10. Avstraliya 3G tarmog‘ini butunlay o‘chirishi mumkin.
    Tarmoqning uzilishi abonentlarning qo‘ng‘iroq qilish, matnli xabarlar yuborish va barcha aloqa funksiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini yo‘qotishiga olib kelishi haqida ogohlantirildi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Bir yarim yil ichida magistratura: IT Park University`da noyob dastur amal qilmoqda

Univesitet Solution Architecture va Cloud and DevOps kabi yo‘nalishlarda bir yarim yillik magistrlik dasturini taklif etadi. Istovchilar 9-sentabrgacha hujjatlarini topshirishi mumkin.

IT Park University tomonidan MacBook Pro o‘ynalmoqda

IT Park University`da kirish imtihonlarini topshirishda MacBook Pro aksiyasida ishtirok etish imkoniyati mavjud.