GSM Arena-ning yozishicha, Xiaomi yangi smartfonini taqdim etadi. Insayderlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurilma smartfonlar bozoridagi eng kuchlisi bo‘ladi.

AnTuTu natijasiga ko’ra, Xiaomi Black Shark 4S smartfoni 887 ming ball to‘plab, bozordagi eng samarador Black Shark 4 Pro smartfonini ortda qoldirgan.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 888+ protsessoriga ega bo‘ladi. Uning xotirasi 16/512 gigabaytni tashkil etadi.

Manbalarning aytishlaricha, smartfon 13-oktyabr kuni taqdim etiladi.

Avvalroq Xiaomi kompaniyasi oʻzining bir nechta yangi gadjetlarining onlayn-taqdimotini oʻtkazgan edi.