Krishtianu Ronaldu singapurlik investor bilan hamkorlikda futbol fanatlari uchun startap yo’lga qo’yadi.

Piter Lim (investor) va uning o’g’li futbol fanatlari uchu ZujuGP nomli raqamli hamjamiyat tashkil etishni rejalashtirmoqda. Loyihaning yuzi sifatida jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu bo’ladi.

Startap maqsadi — 4 milliard muxlisdan iborat global hamjamiyatda muloqot va tijoratni rag’batlantirish, ularga jonli o’yinlarni tomosha qilish, tovar sotib olish, o’yinchilar bilan muloqot qilish va garov qo’yish imkonini beradi.

Loyiha shuningdek, klub egalari va agentlari uchun iqtidorli futbolchilarni qidirish va rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan.

2021-yil davomida ota va o’g’il bu g’oyani yakunlashdi va 2022-yilning birinchi yarmida ular beta -test o’tkazmoqchi, deb yozadi Bloomberg nashri.

“Sharq va G’arbni nihoyat bog’lash mumkin, bu meni baxtli qiladi”, — dedi Ronaldu Instagramda reklama posti ostida.

ZujuGP foydalanuvchilari naqd puldan platformadagi kreditlarni sotib olishlari, undan keyin eksklyuziv narsalarni sotib olish yoki platformada mutaxassislar yoki boshqa futbol figuralari ishtirokida auksionda qatnashish mumkin bo’ladi.