“Toshkent — Urganch — Toshkent” yoʻnalishida 2021-yil 25-oktyabrdan boshlab qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” xabar bermoqda.

Harakat jadvaliga koʻra:

  • Toshkent — Urganch yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻlovchi poyezd haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari ertalab soat 09:20 da Janubiy vokzaldan;
  • Urganch — Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan yoʻlovchi poyezd esa haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari ertalab soat 07:10 da Urganch temiryoʻl vokzalidan qatnovni amalga oshiradi.

Avvalroq Spot “Qarshi — Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.