Samarqand aeroportining vaqtinchalik yopilgani sababli yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Qarshi — Samarqand — Qarshi” yoʻnalishida “Afrosiyob” poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 2021 yil 20-oktyabrdan 20-noyabrgacha mazkur yoʻnalishida 772/771-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Har ikkala shahardan qatnovlar har kuni amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, bir oy mobaynida Qarshi-Samarqand yoʻnalishida harakatlanadigan 772-sonli “Afrosiyob” poyezdi Qarshi temir yoʻl vokzalidan soat 12:20 da joʻnaydi. Samarqand-Qarshi yoʻnalishida harakatlanadigan 771-sonli “Afrosiyob” poyezdi esa Samarqand temir yoʻl vokzalidan soat 14:30 da joʻnaydi.