Davaktiv agentligida ommaviy savdolarga chiqarilgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Beldersoy oromgohi” dam olish maskani va “Beldersoy” sport bazasi (kanat yo‘li)ni sotib olish bo‘yicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichiga o‘tgan jami 4 nafar talabgorlarning yopiq konvertda taqdim etgan tijorat takliflari paketi oshkora ochildi.

Ushbu jarayonda Davlat tender komissiyasi a’zolari va talabgorlar shaxsan va pandemiya sharoitidan kelib chiqib, videokonferens aloqa vositasi orqali ishtirok etdi.

Davlat tender komissiyasi tomonidan talabgorlarning davlat aktivini sotib olish bo‘yicha tijorat takliflari ko‘rib chiqilib, 2 nafar talabgor bilan narx taklifini yanada yaxshilash va to‘lov muddatlarini qisqartirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Cavdo jarayoni tartibiga muvofiq, Davaktiv agentligi tomonidan savdo ishtirokchilariga individual xabarnoma yuborildi.