Ilon Mask oʻziga tegishli boʻlgan Tesla aksiyalari kotirovkalari pasayishi tufayli ikki kun ichida $50 milliarddan koʻproq yoʻqotdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Mask shanba kuni Twitter foydalanuvchilaridan kompaniyadagi ulushini sotish haqida soʻrovnoma oʻtkazgan edi, savoldan so‘ng elektromobil ishlab chiqaruvchisining aksiyalari pasayishni boshladi. Seshanba kuni Nyu-York fond birjasidagi savdolar yakuniga ko‘ra, Tesla aksiyalari 16% dan ko‘proqqa arzonlashdi.

Bu holat tadbirkorning mablag’lariga ham ta’sir qildi. Bloomberg ma’lumotlariga koʻra, ikki kun ichida sayyoraning eng boy odami $50 milliarddan koʻproqqa “qashshoqlashdi”.

Forbes jurnali ham milliarderlarning yangi roʻyxatini tuzgan, unda Maskni $271 milliard, Bezosni esa $205,9 milliard bilan bog’lamoqda. 1-noyabr kuni jurnal maʼlumotlariga koʻra, Tesla rahbari tarixda boyligi $300 milliarddan oshgan birinchi shaxs boʻlgandi.