Ilon Mask kompaniyasidagi ulushini sotish boʻyicha oʻtkazgan soʻrovi fonida Tesla aksiyalari 5,2 foizga arzonlashdi.

Nasdaq birjasi maʼlumotlariga koʻra, premarketda kompaniya aksiyalari 5,2% ga tushib ketdi. Aksiyalarning pasayishi Twitter foydalanuvchilari Ilon Maskning Tesladagi 10% ulushini sotishga ovoz bergani haqidagi xabarlar ortidan boshlandi.


Eslatib oʻtamiz, 6-noyabr kuni kechqurun Mask oʻz aksiyalarini sotish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazdi va foydalanuvchilarning maslahatiga amal qilishga vaʼda berdi.

Avvalroq Spot amerikalik milliarderlar pandemiya davrida $2 trln ga boyiganligi haqida yozgan edi.