Bugungi kunga kelib avtokredit bozorida ko‘p o‘zgarishlar bo‘ldi: bir qator banklar avtokreditlar berishni to‘xtatdi, shartlar o‘zgardi, foiz stavkalari oshirildi.

Foiz stavkalari baland bo‘lsa-da, aholining avtokreditga bo‘lgan ehtiyoji ham yuqoriligicha qolmoqda. Spot 2021-yilning dekabr oyi holatiga ko’ra O’zbekiston banklaridagi avtokredit foizlari bo’yicha ma’lumot to’pladi.

Yil yakuni bo’yicha barcha banklarda avtokredit uchun foiz stavkalari miqdori tushgan. “Asakabank” esa 5 yillik muddatga avtokredit taklif etmoqda.

Quyidagi ma’lumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez o‘zgarib turayotganligi bois ma’lumotlarni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

"ALOQABANK"

Avtokreditning asosiy shartlari:

Muddati

Imtiyozli davr

Yillik foiz stavkasi

Qaytarish usuli

Boshlang’ich badal miqdori (kamida)

Boshlang’ich badal bo’yicha qo’shimcha ma’lumot

1

3 yilgacha

3 oygacha

22%

Annuitet

Avtomashina summasining 20 foizi miqdorida

Boshlang’ich badal summasi qarz oluvchi tomonidan sotuvchi korxona hisobvarag’iga to’lab beriladi, ya’ni omonat garovi sifatida bankda saqlanmaydi. Kredit avtomashina narxining qolgan qismini to’lash uchun ajratiladi.

2

4 yilgacha

3 oygacha

22,99%

Annuitet

Avtomashina summasining 10 foizi miqdorida

3

5 yilgacha

3 oygacha

24%

Annuitet yoki Differensial

Avtomashina summasining 30 foizi miqdorida

4

5 yilgacha

3 oygacha

25%

Differensial

Kredit summasining 10 foizi miqdorida

Boshlang’ich badal summasi sotib olinadigan avtomashina garovga qo’yilgunga qadar omonat garovi sifatida bankda saqlanadi. Sotib olingan avtomashina garovga taqdim qilingandan so’ng kreditni so’ndirish uchun yo’naltiriladi.


“Agrobank”

Kredit foiz stavkasi 23% dan boshlanadi. To’lashning maksimal muddati 4 yilgacha. Boshlang’ich badal 25%. Bank avtomobilning 75% gacha bo’lgan to’lovida kredit ajratadi.

“Asakabank”

Bankning yillik foiz stavkasi 21% dan boshlanadi. Muddati 5 yilgacha. Kredit avtomobilning 70% summasidan ko’p bo’lmagan miqdorda beriladi. Dastlabki to’lov 30% ni tashkil etadi.

“Asia Alliance Bank”

Kredit 23% miqdorida boshlang‘ich badal to’lanishi sharti bilan avtomobil qiymatining eng ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi. Foiz stavkasi boshlang‘ich to‘lovdan kelib chiqib belgilanadi. Kredit muddati 48 oy deb belgilangan.

“Ziraat Bank”

Kreditni 36 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi — kredit muddatidan kelib chiqib belgilanadi:

1−12 oy — 22%;

13−24 oy — 23%;

25−36 oy — 24%;

“Ipak Yo‘li” banki

Kreditni 12 oydan 48 oyga olish mumkin. Boshlang‘ich to‘lov 36%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 21,9%ni tashkil etadi. Kreditning summasi 22,3 mln so’mdan boshlanib 450 mlngacha avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi.

“InfinBANK”

Kredit 42 oygacha muddatga beriladi, 6 oy imtiyozli davr bilan. Foiz stavkasi 24,99%ni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov 25%dan boshlanadi.

“Davrbank”

Kreditlar 48 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov +20%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 26%ni tashkil etadi. Kreditning maksimal miqdori avtomobil modelidan kelib chiqib belgilanadi. Shuningdek ikkilamchi bozor orqali avtomashina sotib olish uchun ham kredit ajratiladi.

“O'zmilliybank”

Kreditlar 60 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi 3 oylik imtiyozli davrga qarab belgilanadi. Kreditning maksimal miqdori 500 million so’mni tashkil qiladi.

“MIKROKREDITBANK”

Kredit muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Kredit summasi avtotransport vositasining 100% miqdorida taqdim etiladi. Boshlang‘ich to‘lov avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda beriladi. Yillik foiz stavkasi 27%ni tashkil etadi.

“Orient Finans” bank

Avtokreditlar 450 mlndan ko‘p bo‘lmagan miqdorda 48 oygacha muddatga beriladi. Stavka boshlang‘ich to‘lov miqdoriga bog‘liq: 45% bo‘lsa, stavkasi 21%, 25% bo’lganda — 23% bo‘ladi.

“Hamkorbank”

Kredit 48 oygacha beriladi. Miqdori — 350 mln so’mgacha. Minimal boshlang‘ich to‘lov va foiz stavkasi 30%ni tashkil etadi. Yillik foiz stavkasi 22,9% ni tashkil etadi.

Muddati

Boshlang’ich to’lovi

Yillik foiz stavkasi

36 oy

30%

24%

40%

22,9%

48 oy

30%

25%

40%

24%

50%

22,9%

“Turonbank”

Kreditlar 48 oygacha muddatga beriladi. Avtomashinani sotib olish birlamchi va ikkilamchi bozor uchun boshlang‘ich to‘lovga qarab 22,9 foiz etib belgilangan.

“Poytaxt” bank

Kreditlar 4 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Boshlang‘ich to‘lov 30%dan boshlanadi, foiz stavkasi — 22%ni tashkil etadi.

“Qishloq Qurilish Bank”

Kredit muddati 4 yilgacha etib belgilangan. Yillik foiz 27% ni tashkil etadi. Boshlang’ich to’lov avtomobil narxining 70% gacha to’lanadi.

“O‘zsanoatqurilishbank”

Kredit uchun boshlang’ich badal 25 5dan boshlanadi. Muddati 4 yilgacha. Yillik foiz stavkasi 20% dan boshlanadi.

Aksariyat tijorat banklarida avtokreditlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar uchun avtosalon shartnomasiga asosan pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi va kredit oluvchi doimiy ish joyiga ega bo‘lishi, “salbiy” kredit tarixiga ega bo‘lmasligi lozim.