Buyuk Britaniyaning Aerokosmik texnologiyalar institutida kelajak aviatsiyasiga aylanishi mumkin boʻlgan samolyot ishlab chiqildi, deya yozmoqda Bloomberg.

Birlashgan Qirollik ushbu samolyotni ishlab chiqishga £15 mln sarflagan. Yangi avialayner vodorod yonilgʻisida ishlaydi va ekologiyaga xavf solmaydi.

Model ikkita turbo ventilyatorli dvigatel va vodorod saqlashga moʻljallangan kriogen baklar bilan jihozlangan. Yonilgʻini minus 250 daraja haroratda ham saqlash mumkin.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, layner 279 nafar yoʻlovchini reaktiv dvigatelli samolyotlardagi kabi tezlik va qulaylikda Londondan San-Fransiskoga olib kelishi mumkin.