Majburiy ijro byurosi Yunusobod tumanidagi binoni auksionga qoʻydi.

Sobiq qogʻoz ishlab chiqarish tsexi binosi 2020-yilda qurib bitkazildi. Obyekt 0,6 gektar maydonda joylashgan boʻlib, shundan 0,4 gektarini egallagan.

Bir qavatli bino kadastr boʻyicha 9 ta xonadan iborat. Umumiy maydoni 4238 kv.metr, shundan foydali maydoni 4055 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, suv, kanalizatsiya bor, lekin gaz mavjud emas.

Lotning boshlangʻich bahosi — 15,04 mlrd soʻm. Auksion 30-dekabr kuni boʻlib oʻtadi, arizalar 28-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Lot xoʻjalik sudi qarori bilan sotuvga qoʻyilgan (4−1001−2105 / 18746-sonli ijro hujjati).

Avvalroq MIB Toshkentdagi “Oqlon” texnoparkining ikkita binosini auksionga qoʻygan edi.