Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi hostel binosi auksion savdosiga qoʻyildi.

Quruvchilar massividagi 4 qavatli bino 2017-yilda qurilgan. Obyekt 0,13 gektar yer uchastkasida joylashgan.

Binolarning umumiy maydoni 1094 kv.metr boʻlgan 36 ta xona mavjud. Hamma kommunikatsiyalar — gaz, elektr, suv va kanalizatsiya mavjud.

Lotning boshlangʻich bahosi — 5,5 mlrd soʻm. Savdolar 28-yanvarga belgilangan, arizalar 26-yanvargacha qabul qilinadi.

Lot yuridik shaxs — Turkuaz QK tomonidan sotuvga qoʻyilgan.

Avvalroq MIB Qushbegida joylashgan binolar majmuasini 10 mlrd soʻmga auksionga qoʻygan edi.