10-yanvar sanasida “korzinka.uz” supermarketlar tarmogʻining tashkil topganiga 25 yil toʻladi. Shu sababli doʻkonlar dushanba kuni noodatiy “rejim"da ishlaydi.

“Biz doim astoydil xizmatda turgan fidoyi xodimlarimiz mehnatini yuksak qadrlagan holda barchamiz bir safda uzoq kutilgan tantanamiz — tavallud ayyomimizni nishonlaymiz”, deyiladi “korzinka.uz” xabarida.

Taʼkidlanishicha, 10-yanvar uchun quyidagi tartibni belgilab olingan:

  • Toshkent shahri va viloyatidagi supermarketlarimiz soat 14:00gacha ishlasa,
  • Viloyat hududlaridagi supermarketlari faoliyat koʻrsatmaydi.

11-yanvardan esa doimiy tartibda ishlash davom etiladi.

Shuningdek, tarmoq ehtimoliy noqulayliklar uchun mijozlardan uzr soʻragan va toʻgʻri tushunishlariga ishonishini bildirgan.

Avvalroq “korzinka.uz” asoschisi Zafar Hoshimov “Makro” bilan raqobat va bozordagi ulushi haqida fikr bildirgan edi.