Google foydalanuvchi maʼlumotlarini uzatish uchun yangi tizim — Privacy Sandboxʼni ishlab chiqadi. Bu reklama kuzatuvchilarni butunlay oʻchirib qoʻyadi va foydalanuvchi maʼlumotlarining uchinchi tomonlar bilan baham koʻrishini cheklaydi.
Android 12 foydalanuvchilari endi tizim sozlamalarida identifikatorlarni oʻchirib qoʻyishlari mumkin. Ilova ishlab chiquvchilari rad etish haqida xabar oladi. Ilova egalari oʻzgarishlarga tayyorlanishlari uchun Google joriy tizimni ikki yil davomida saqlab qoladi.
2020-yil dekabr oyidan boshlab Apple ishlab chiquvchilardan foydalanuvchilarga qanday maʼlumotlarni toʻplashini aytishni talab qildi. Shundan soʻng, reklama beruvchilar Snap, Facebook, Twitter va YouTubeʼdagi xarajatlarni qisqartirib, Android foydalanuvchilari uchun reklama va App Storeʼda reklamalarni sotib olishni boshladilar, deb yozadi Financial Times 2021-yil noyabrida.
2021-yil oktyabr oyida Google Play ishlab chiquvchilarga ilovalar toʻplaydigan maʼlumotlar haqida maʼlumot qoʻshishga ruxsat berdi.
2022-yil fevral oyida Meta Appleʼning yangi qoidalari joriy yilda uning daromadini 10 milliard dollarga qisqartirishi haqida xabar berdi.