Yevropada tabiiy gaz narxi 2021-yildagi rekordni yangiladi va ming kub metr gaz $2200 dan oshdi.

Niderlandiyaning TTF habida aprel oyi uchun ming kub metr gaz narxi $2226 ga yetdi. Chorshanba kungi savdolar ochilganidan buyon gaz 51% dan ortiqroqqa qimmatladi.

Bu savdolar tarixidagi rekord koʻrsatkich hisoblanadi. Avvalgi rekord 2021-yil dekabrda qayd etilgan, narx $2190 ga yetgandi.

Yevropada gaz narxi Rossiyaga qarshi sanksiyalar hamda xorij kompaniyalarining Rossiyadagi loyihalardan chiqishi toʻgʻrisidagi xabarlardan soʻng oshmoqda.