Toshkent metropolitenining xabar berishicha, 2022yilning 1-iyun kunidan boshlab Hamid Olimjon, Pushkin, Mirzo Ulugʻbek, Oybek, Beruniy, Abdulla Qodiriy, “Novza”, “Toshkent”, “Kosmonavtlar”, “Chorsu”, “Tinchlik”, “Turkiston”, “Shahriston”, “Bodomzor” hamda “Minor” metro bekatlarining 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) tonggi soat 05:00 dan kech soat 00:00 ga qadar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.

Qayd etilishicha, bu metro yoʻlovchilariga qulaylik yaratish, xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun, ushbu bekatlarning 2-vestibyuli (kirish va chiqish qismi) shu kunga qadar tonggi soat 07:00 dan 19:00 ga qadar yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatgan.