Uzbekistan Airways Airbus A320 havo kemasi salonlarini konfiguratsiya qiladi. Bu haqda kompaniya xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, aviakompaniya hozirda 5 ta A320 havo kemasini “toʻliq ekonom” formatiga oʻtkazdi.

Loyiha natijasida Uzbekistan Airways parkida loukost-aviatashuvlarni amalga oshirish uchun 9 ta A320 havo kemalari mavjud boʻladi.

Bundan oldin Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan chegirmalar eʼlon qilgandi.

Avvalroq kompaniya Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 9-iyuldan 12-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarning barcha turdagi tariflariga 50% lik chegirma eʼlon qiligandi.