Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari inflatsiyaga ta’sir yetuvchi omillar va ularning dinamikasini o‘rgandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo’lgan mamlakatlardagi inflyatsiya hisoblanadi.

Negaki import inflatsiyasining o‘sishi asosiy inflatsiyaning taxminan 38%ni ifodalaydi.

O‘zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab omillarining inflatsiyaga qo‘shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta’sir yetuvchi omillardagi o‘zgarishlar mamlakatda iste’mol narxlari indeksining 33%ga o‘sishiga turtki bo‘lmoqda.

Import inflyatsiyasi

Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18% ini tashkil qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi.

Import inflyatsiyasiga Rossiya va Xitoy eng katta hissa qoʻshgan. Bu davlatlarning Oʻzbekiston umumiy importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) — 0,90% va 0,81%.

Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining taʼsiri esa umumiy import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi.

Rossiyadan inflyatsiya taʼsiri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi asosan mashina va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga ta’sir ko’rsatdi.

Qozog’istondan import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta’sir ko’rsatdi.

Inflyatsiya ko’rsatkichini past darajada ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili bo‘lib, bu o’z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Ilgari “Spot” dunyoda ro‘y berayotgan hodisalarning O‘zbekistonga ta’siri haqida yozgandi.