Xabaringiz bor, “Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mezanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori qabul qilingandi. Qaror bilan yoqilgi-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyuldan va 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlari tasdiqlangan.

Unga koʻra, asosiy oʻzgarishlar yuridik shaxslar uchun kuchga kirishi belgilab qoʻyilgan edi. Biroq 14-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi mazkur hujjatning amal qilish muddatini kechiktirish yuzasidan qaror qabul qildi.

Yaʼni endilikda yuridik shaxslar uchun ham gaz va elektr narxi vaqtincha oshmaydigan boʻldi.

Avvalroq Spot Energetika vazirligi Fargʻona va Sirdaryoda issiqlik elektr markazi qurish boʻyicha tender eʼlon qilgani haqida yozgan edi.