Oʻzbekiston Energetika vazirligi Fargʻona va Sirdaryoda issiqlik elektr markazi qurish boʻyicha tender eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, “Fargʻona issiqlik elektr markazi” 1800−2000 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini tayyor holda topshirish uchun 120 kun muddat belgilagan. Tenderning eng yuqori narxi 17,3 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Tenderda ishtirok etish shartlari haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin. Hujjatlar joriy yilning 26-iyuliga qadar qabul qilinadi.
Shuningdek, “Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi” 1200−1500 kVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini tayyor holda topshirish uchun 180 kun muddat belgilagan. Tenderning eng yuqori narxi 12,4 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Tenderda ishtirok etish shartlari haqida batafsil maʼlumotni ushbu havola orqali olish mumkin. Hujjatlar joriy yilning 25-iyuliga qadar qabul qilinadi.
Avvalroq Jahon banki qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun Oʻzbekistonga $143 mln ajratishi haqida yozgan edi.