“Yoqilgʻi-energetika resurslari taʼminotida bozor mezanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (348-son, 30.06.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan yoqilgi-energetika resurslarining 2022-yil 15-iyuldan va 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlari tasdiqlandi. Unga koʻra:

1 kVt soat elektr energiyasi uchun quyidagicha narxlar o‘rnatiladi:

  • aholi uchun o‘zgarishsiz, ya’ni — 295 so‘m;
  • NKMK, OKMK va budjet tashkilotlari uchun — 800 so‘m (hozirda 450 so‘m);
  • qolgan yuridik shaxslar uchun — 600 so‘m (hozirda 450 so‘m).

1 kub metr tabiiy gaz uchun quyidagicha narxlar o‘rnatiladi:

  • aholi uchun o‘zgarishsiz, ya’ni — 380 so‘m;
  • NKMK, OKMK va budjet tashkilotlari uchun — 1 300 so‘m (hozirda 660 so‘m);
  • avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun — 1 150 so‘m (hozirda 1000 so‘m);
  • issiqlik elektr stansiyalari uchun — 1 000 so‘m (hozirda 660 so‘m);
  • qolgan yuridik shaxslar uchun — 1 100 so‘m (hozirda 660 so‘m).

Suyultirilgan gaz narxi ham aholi uchun o‘zgarishsiz (1 120 so‘m) qoldiriladi.

Shuningdek, korxonalarni uzoq muddatli rejalashtirishga moslashtirish, operatsion samaradorlikni va energotejamkorlikni oshirish maqsadida joriy yil uchun yangi narxlar bilan birga 2023-yil 1-apreldan kuchga kiradigan yangi narxlar ham mazkur qaror bilan belgilab berildi.

Bunda, 2023-yil 1-apreldan quyidagi narxlar joriy etiladi:

Elektr energiyasi bo‘yicha:

  • Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun 850 so‘m;
  • qolgan yuridik shaxslar uchun — 700 so‘m.

Tabiiy gaz bo‘yicha:

  • issiqlik elektr stansiyalari uchun — 1 200 so‘m;
  • Navoiy KMK, Olmaliq KMK va budjet tashkilotlari uchun — 1 350 so‘m;
  • avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun — 1 350 so‘m;
  • qolgan yuridik shaxslar uchun — 1 350 so‘m.

Shuningdek, 2026-yildan tabiiy gaz, elektr va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga oʻtiladi va narxlar erkin shakllanadi.

Avvalroq Energetika vazirligi 1-iyuldan elektr va gaz tariflariga oʻzgartirishlar kiritilmasligi haqida xabar bergan edi.