24-iyul kuni O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Oybek Usmonov Pokiston va O‘zbekiston o‘zaro savdo aylanmasini $1 mlrd.ga yetkazishini ma’lum qildi. Bunga “UrduPoint” nashri ahamiyat berdi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi hozirgi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi $180 mln.ni tashkil etadi. Kelgusi ikki yil ichida bu koʻrsatkich $1 mrd.ga yetishi kutilmoqda.

Usmonov so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida Imtiyozli savdo bitiminini (PTA) amalga oshirish davom etayotganligi sababli o‘zaro savdo rivojiga erishish mumkin.

Asosiy maqsad temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tarmog‘i ustida ishlash va mintaqa mamlakatlari, jumladan Xitoy, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarini savdo nuqtai nazaridan bog‘lashni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, “Shanxay hamkorlik tashkiloti” mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni ham nazarda tutadi.

Hozirda Xitoy, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston temir yoʻl liniyasi bo‘yicha ishlar boshlangan.

Ushbu temir yoʻl Termiz shahridan Jalolobod va Peshovar temir yoʻllari bilan bogʻlanishi kerak. Bu mintaqa davlatlari, jumladan, yirik iqtisodiy kuchga ega boʻlgan Xitoy bilan iqtisodiy va savdo aloqalarini oʻrnatishi kutilmoqda.‌‌

Avvalroq “Spot” Pokiston Oʻzbekistonga goʻsht yetkazib berishni yoʻlga qoʻyganligi haqida xabar bergandi.