Turkiyada inflyatsiya 2022-yil avgust oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80%dan oshdi, deya xabar berdi mamlakat Statistika instituti.

“Bloomberg"ning qayd etishicha, mamalakatda yuqori ko‘rsatkich (84%) oxirgi marta 1998-yil sentyabr oyida kuzatilgan.

Iqtisodchilarning aksariyati avgust oyida narxlarning 81,2% darajasida oshishini bashorat qilgan edi.

Biroq ,Turkiyaning eng boy shahri Istanbulda chakana narxlar bir yil ichida deyarli 100% oshdi.

Jumladan, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar narxlarining yillik o‘sishi 90,3%ni tashkil etdi.

Energetika sohasida inflyatsiya 121,7%ga yetib, transport narxlari 117%ga oshdi.

“Bloomberg Economics” iqtisodchisi Selva Bahar Baziqiyning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiya hali eng yuqori cho‘qqiga chiqmagan.

“Kelgusi oylarda energiya narxlarining oshishi va Markaziy bank tomonidan foiz stavkalarining yana bir bora pasaytirilishi oktabr oyida inflyatsiyani eng yuqori cho‘qqiga chiqishiga, so‘ngra yil oxiriga kelib 69%ga tushishiga olib kelishi kerak”, — dedi u.

Iyul oyida mamlakatda inflyatsiya yillik yuqori 79,6%ga ko‘tarilgandi. Narxlarning o‘sishiga zaif lira, shuningdek, dunyodagi energiya va tovarlar narxining oshishi sabab bo‘lgandi.


Avvalroq “Spot” Germaniyada inflyatsiya 70 yil ichida birinchi marta 10%dan oshishi mumkinligi haqida yozgandi.