Joriy yilning sakkiz oyi davomida tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7%ga o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qildi.

Berilgan kreditlar hajmining o‘sishi eng ko‘p Farg‘onada kuzatilgan — 23,1%.

Keyingi o‘rinlarda Toshkent (20,2%), Andijon (16%), Samarqand (7,3%), Qoraqalpog‘iston (7,7%) va Toshkent shahri (16,6%) bor.

Ajratilgan kreditlar miqdori Sirdaryo (-48,9%), Navoiy (-30,5%), Surxondaryo (-19,3%), Buxoro (-13,0%), Qashqadaryo (-9,9%), Jizzax (-8,1%) va Namanganda (-0,5%) kamaygan.

Bu o‘tgan yilning mos davrida ushbu viloyatlarda tekstil va boshqa ishlab chiqarish loyihalari uchun katta miqdorda kreditlar ajratilganligi bilan bog‘liq.

Joriy yilda aholi va tadbirkorlarga 6 trln so‘mlik imtiyozli kreditlar ajratilib, shundan 57%i ya’ni 10,4 trln so‘mlik qismi rad etildi.

Shuningdek, davlat ulushi mavjud 12 ta bankning muammoli kreditlari (NPL)16,9 trln so‘mni tashkil etgan.