“Zamonaviy JavaScript darsligi”, Ilya Kantor.

Chet eldagi dasturchilarning aksariyat qismi JavaScript ustasi Ilya Kantor tomonidan asos solingan javascript.ru til o‘rganish xizmati bilan tanish.

Darslik IT sohasiga endi kirib kelayotganlar va bu sohada ko‘nikmalarga ega bo‘lganlarga ham birdek foydali bo‘ladi.

Unda bu dasturlash tili batafsil tushuntirilgan bo‘lib, maslahatlar, layfhaklar, xatolar tahlili berilgan.

Yangi boshlovchilar tilning asoslari, ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishishlari, sxemalar, obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) haqida hamma narsani bilib olishlari mumkin.

Barcha ma’lumotlar qulay tarzda tuzilgan, keraklilarini tezda topish mumkin.


“JavaScript qanday ishlaydi”, Duglas Krokford.

Muallif o‘quvchiga JavaSript qanday ishlashi haqida mohirona gapirib, uni boshdan oyoq ko‘rsatib beradi.

Kitob qanday dasturlashni o‘rgatmaydi, lekin JavaScript qanday “yashashi” va ishlashi, uning kuchli va zaif tomonlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etgan.

Duglas Krokford hatto senior dasturchilar ham boshqotiradigan qiziqarli misollar va vazifalarni tahlil qiladi.

Bu kitob dasturlash tilining ishi va tuzilishi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishni, murakkab muammolarni tezda hal qilishni o‘rganishni va yanada mas’uliyatli loyihalarni o‘z zimmasiga olishni istaganlar uchun foydali.



“JavaScript'da dasturlashni o‘rganamiz”, Erik Friman, Elizabet Robson.

Yangi boshlayotganlar uchun eng yaxshi bestseller kitoblardan biri.

Bu kitob dasturlashga qaysi yo‘l bilan yondashishni bilmayotganlar, dasturlash kodi “xitoycha bir narsaga” o‘xshab ko‘rinadiganlar uchun kerakli qo‘llanma hisoblanadi.

Kitobning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ma’lumotlar nostandart usulda taqdim etilganidadir. Butun kitob komikslar prinsipi asosida qurilgan bo‘lib, unda JavaScript haqidagi murakkab materiallar oson va tushunarli tarzda, dialoglar shaklida taqdim etiladi.

Qiziqarli va tushunarli chizmalar o‘qishni sezilarli darajada osonlashtiradi. Mualliflar nafaqat eng mashhur dasturlash tillaridan birining tamoyillarini tushuntirishgan, balki amaliyotga ham e’tibor qaratishgan.

Kitobda dasturchilar duch keladigan turli muammolar haqida batafsil ma’lumot berilgan bo‘lib, ularni hal qilish uchun yechimlar ko‘rsatilgan.

Qo‘llanma ushbu til asoslarini tushunishga, kelajakda jiddiyroq o‘zlashtirishga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.


“Juniorlar uchun JavaScript” Kris Minnik, Eva Holland.

Kitob mazkur tilni, umuman dasturlashni tushunmaydiganlar uchun kerakli va foydali hisoblanadi.

Mualliflar yangi boshlayotganlarga qulay bo‘lishi uchun vizual jadvallar, ko‘plab misollar, o‘ziga xos texnikalar, maslahatlar bilan juda batafsil ensiklopediya yaratgan.

Kitob orqali JavaScript asoslari, onlayn grafikalar va HTML5 qanday ishlashi, sikllar, massivlar, jQuery, animatsiya, JSON va boshqalar haqida bilib olish mumkin.



“Ifodali JavaScript. Zamonaviy veb-dasturlash”, Marin Haverbeke.

Bu boshlang‘ich dasturchilar til o‘rganish uchun ajoyib qo‘llanma. Ko‘pgina sharhlarga ko‘ra, kitobdagi bilimlar o‘z mahsulotini yaratishni boshlash uchun yetarli hisoblanadi.

Unda quyidagi mavzular batafsil va misollar bilan yoritilgan:

  • strelka va sinxron funksiyalar;
  • iteratorlar;
  • shablon satrlari;
  • ko‘rish maydoni;
  • boshqaruv tuzilmalari;
  • xatolar va nosozliklarni tuzatish;
  • sinxron rivojlanish.

Ma’lumotlar oddiydan murakkabgacha, ya’ni sodda tarzda tasvirlagan. Yangi o‘rganuvchilar o‘qish paytida kitobda ko‘rsatilgan maxsus onlayn xizmat yordamida ko‘nikmalarini tekshirishi mumkin.