“Uzbekistan Airways” kompaniyasi 2023-yilning 8−9-yanvar kunlari mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

8-yanvar kuni Toshkent-Termiz-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish — 07:15, Termizga yetib borish — 08:35;
  • Termizdan uchib ketish — 09:35, Toshkentga yetib borish — 10:45.

8-yanvar kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish — 14:40, Buxoroga yetib borish — 15:50;
  • Buxorodan uchib ketish — 16:40, Toshkentga yetib borish — 17:40.

8-yanvar kuni Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish — 19:20, Urganchga yetib borish — 20:50;
  • Urganchdan uchib ketish — 21:40, Toshkentga yetib borish — 23:00.

9-yanvar kuni Toshkent-Nukus-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha:

  • Toshkentdan uchib ketish — 20:00, Nukusga yetib borish — 21:40;
  • Nukusdan uchib ketish — 22:30, Toshkentga yetib borish — 23:50.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filialida, aviakompaniya agentlaridan yoki kompaniya sayti orqali 3% chegirma bilan xarid qilish mumkin.

Avvalroq, kompaniya talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Xususan, u joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.

Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi ham mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlarga 50%lik chegirma e’lon qilgan.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomalari bilan temir yo‘l kassalariga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni elektron tarzda havola orqali olish mumkin.