“Uzbekistan Airways” OTM talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi.

Unga ko‘ra, chegirma joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki hududlardagi aeroport aviakassalaridan olish mumkin.

Buning uchun talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kerak.

Avvalroq, kompaniya keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma e’lon qilgandi.

Chegirma “Keksalar turizmi oyi” munosabati bilan taqdim etilib, ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga amal qiladi.

Undan 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha foydalanishlari mumkin.

Aviachipta xarid qilish jarayonida pasport yoki ID karta bilan murojaat qilish zarur.