“Uzbekistan Airways” kompaniyasi noyabr oyida keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chegirma “Keksalar turizmi oyi” munosabati bilan taqdim etilib, ekonom-klass (K-klass va undan yuqori) tariflariga amal qiladi.

Undan 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda 55 yoshdan yuqori ayollar joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha foydalanishlari mumkin.

Aviachipta xarid qilish jarayonida pasport yoki ID karta bilan murojaat qilish zarur, deyiladi kompaniya xabarida.

Chiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniyaning O‘zbekistondagi agentlari tomonidan xarid qilish mumkin.


Avgust oyida O‘zbekistonda mahalliy yo‘nalishlarga parvozlar narxi bir oyda 2%dan oshgani ma’lum bo‘lgandi. Yil boshiga nisbatan esa 7,9% arzonlash.