“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi OTM talabalari uchun mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlarga chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chegirmalar joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi.

Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomalari bilan temir yo‘l kassalariga murojaat qilish mumkin.

Shuningdek, chiptalarni elektron tarzda havola orqali olish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, “Uzbekistan Airways” kompaniyasi ham talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Xususan, chegirma joriy yilning 22-dekabridan 2023-yilning 10-yanvarigacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun taqdim etiladi.

Aviachiptalarni “Uzbekistan Airways Sales” filiali yoki hududlardagi aeroport aviakassalaridan olish mumkin.

Shuningdek, kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan joriy yilning 25-noyabridan 8-dekabrigacha barcha aviqatnovlarga 8% chegirma e’lon qilgandi.