Yaponiyada biologiya va tegishli fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan “UTokyo Amgen” stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda barcha mamlakatlardan bakalavriatura hamda magistratura talabalari ishtirok etishi mumkin. Amaliyot dasturi talabalarga amaliy tadqiqot tajribasini berishga qaratilgan bo‘lib, 8 hafta davom etadi.

Laboratoriyada kechadigan to‘liq ish vaqtidan tashqari dasturda quyidagilar kutilmoqda:

  • biotibbiyot tadqiqotlari bilan bog‘liq oliy o‘quv yurtlari va institutlariga tashriflar;
  • seminarlar va sessiyalar;
  • “UTokyo"dagi oliy o‘quv yurtlariga qanday qilib hujjat topshirish bo‘yicha ma’lumot sessiyalari;
  • kutubxona, sog‘liqni saqlash markazi va gimnaziya kabi “UTokyo” kampusiga kirish
  • Yaponiya madaniy tadbirlari
  • ekskursiyalar.

Nomzodlar yo‘nalish bo‘yicha yuqori akademik ko‘rsatkichlarga, til sertifikatiga (TOEFL — 72, IELTS — 5,5) ega bo‘lishi hamda ilmiy tadqiqotlarga qiziqish bildirishi kerak. Ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.

Ishtirokchilarga turar joy va aviachipta xarajatlari qoplab beriladi hamda $1800 miqdorida stipendiya ajratiladi.

Arizalarni 2023-yilning 1-fevraligacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Joylar soni cheklangan. Batafsil ma’lumot bu yerda.