Markaziy bankning 2023-yil 6-yanvar holati bo‘yicha bergan ma’lumotlarida dollarning so‘mga nisbatan qiymati 11288 (+25,03) so‘mni tashkil qilmoqda.

Narxlar 30-dekabrda belgilangan 11 225 so‘m ko‘rsatkichdan buyon, 63 so‘mga qimmatladi.

6-yanvar kuni barcha banklarda sotish kursi 11 345 so‘mni tashkil etmoqda. Sotib olish narxi esa 11 280 so‘mdan 11 300 so‘mgacha belgilandi.

Eng maqbul xarid kursini “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank”, “Davr Bank” “Trastbank” va “Kapitalbank” taklif qilmoqda.

Sotish kursi esa barcha banklarda 11 345 so‘mdan amalga oshirilmoqda.