Inqirozdan qochib bo‘lmaydi: O‘zbekiston iqtisodiyotini nimalar kutmoqda
Ekspert Doniyor Islamov “Spot"ga jahon hamda O‘zbekiston iqtisodiyotidagi vaziyat, inflyatsiya va noaniqliklar hamda inqiroz mamlakatga qanday imkoniyatlar taqdim etishi haqida so‘zlab berdi.
2023-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi
QQS, aksiz va foyda soliqlari kabi soliq turlariga kiritilgan o‘zgarishlar 1-yanvardan amal qiladi.
Raqamlar: 2022-yildagi Oʻzbekistondagi inflyatsiya koʻrsatkichlari
O‘tgan yilda iste’mol narxlari indeksi regulyator prognoz qilgan koʻrsatkichga mos keldi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Yanvar oyida rossiyaliklar ko‘proq Turkiyaga chiptalar qidirishgan.
Bu vaqtda O‘zbekistonga chiptalar qidiruvi BAA va Tailanddan keyingi pastki ko‘rsatkichni qayd etgan. - O‘zbekistonning beshta aeroportida Tax Free tizimi joriy etildi.
Xorijiy fuqarolarga O‘zbekistondagi xarid uchun QQS summalarini qaytarishni nazarda tutuvchi tizim Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona hamda Urganch aeroportlarida test rejimida ishlaydi. - O‘zagroeksportbank ustav kapitalidagi 100% davlat ulushi $5 mlnga sotildi.
Bankning yangi egasi uning infratuzilma, texnologiya va mahsulotlarini rivojlantirishga $50 mln miqdorida investitsiya kiritishi belgilangan. - O‘zbekiston 2022-yilda rossiyalik tadbirkorlarning faol ko‘chib kelgan mamlakatidan biriga aylandi.
Shuningdek, ular MDH davlatlari orasida Armaniston va Qozog‘istonga ham borishgan. - Sharoiti og‘ir hududlardagi tadbirkorlar oshirilgan subsidiyalar olishlari mumkin. Yo‘nalishlar ro‘yxati.
Mablag‘lar Aholini tadbirkorlikka jalb qilish hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armalari tomonidan ajratiladi. - Ekspertlar 2023-yilda oltin narxi oshishini taxmin qilishmoqda.
Unga ko‘ra, jahon bozorida oltinning bir troya unsiyasi $1900gacha oshishi mumkin. - Ikkita yo‘nalish bo‘yicha qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent-Termiz-Toshkent va Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlar 16−20-yanvar kunlari amalga oshiriladi. - O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston QambarOta-1 GESini qurish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi.
Stansiya qurilishi haqida Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov o‘tgan yili ma’lum qilgandi. - O‘zbekiston statistika portali ishga tushirildi — DSQ.
Unda 19 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 1 700 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar uchta tilda joylashtirilgan. - Forbes 2022-yilda eng katta yo‘qotishlarga uchragan beshta milliarder nomini e’lon qildi.
Reytingda o‘tgan yili $125 mlrd yo‘qotgan Ilon Mask yetakchilik qilmoqda.