Shaxsiy tajriba: 1100 dollarga Istanbul bo‘ylab 10 kunlik mustaqil sayohat
Lactalis Central Asia kompaniyasining menejeri Farangiz Ashurova Turkiyaga sayohat qildi va u mustaqil sayohat qilishni qanday rejalashtirish, pul tejash mumkinligi haqida batafsil so‘zlab berdi.
“Yoshlar aniq fanlarni tanlashi kerak” — Koreyada PhD yoqlagan Sherzodbek Dadaboyev va Bahromjon Urmanov bilan suhbat
Ular “Spot"ga O‘zbekiston ta’lim tizimida qanday o‘zgarishlar zarurligi, Koreyada tahsil olishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi va nega mamlakatga qaytib kelganlari haqida so‘zlab berishdi.
2023-yil fevral oyi uchun O‘zbekiston banklarida overdraft va kredit karta. Shartlar va tariflar
Mavjud 32 ta bankdan 10 tasida overdraft, 5 tasida kredit kartalari ochish mumkin.
Farmatsevtlikdan media sohasigacha: Subyektiv muallifi Jamshidxon Ziyoxonov hikoyasi
Jamshidxon Ziyoxonov “Spot"ga Subyektiv loyihasi qanday boshlangani, nima uchun $30 000lik taklifni rad etgani hamda O‘zbekiston media bozoridagi holat haqida so‘zlab berdi.
Arizona universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda
Unda butun dunyodan nomzodlar bakalavr, magistratura va PhD uchun hujjat topshirishi mumkin.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkentda ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi.
Ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlarga berish tartibi ishlab chiqiladi. - Kapitalbank Uzum xoldingi tarkibiga kirishini ma’lum qildi.
Mazkur o‘zgarishlardan so‘ng bankning Uzum guruhining turli xizmatlari bilan hamkorligi boshlanadi. - Alisher Usmonov biznes boshqaruvidan ketgani haqida fikr bildirdi.
Milliarder sanksiyalarga qaramay, O‘zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda davom etish niyatini bildirgan. - Subway tez ovqatlanish restoranlari tarmogʻi Toshkentda restoran ochishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, restoran yangi qurilayotgan “Tashkent City Mall” savdo-koʻngilochar markazida joylashadi. - O‘zbekistonliklar Coursera platformasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul ta’lim olishadi.
Kurslar o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan beriladi. Shuningdek, mamlakat platformaning barcha kontentidan foydalanish huquqini beruvchi 10 ming dona litsenziya sotib oladi. - Germaniyaning Europa-Park kompaniyasi o‘zbekistonliklarni turizm sohasida ishga taklif qiladi.
Ishga qabul qilinganlar oyiga 2200 yevro maosh va arzonlashtirilgan turar-joy bilan taʼminlanadi. - IT bo‘yicha 5 ta kitob: Linux.
Ushbu to‘plam Linux operatsion tizimini o‘rganishni boshlayotganlar va turli darajaga ega bo‘lgan mutaxassislar uchun foydali bo‘ladi. - Uzbekistan Airways Technics erkin bojxona zonasini ishga tushirdi.
Bu yerga mahalliy va xorijiy samolyotlarni taʼmirlash uchun ehtiyot qismlar bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kelinadi. - Aholi va tadbirkorlar uchun 200 ta yangi elektron xizmatlar ishga tushiriladi.
Prezident vazirlik va tashkilotlarda raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini ta’kidladi. - 500 Georgia akseleratoriga arizalar qabul qilinmoqda.
Loyiha tadbirkorlikni rag‘batlantirish, texnologik ekotizimni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda jamoalarga investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.