1-iyul kuni Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim ko’chalarida elektr energiyasi soat 00:00 dan soat 05:00 gacha vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari"ning Toshkent shahar filiali xabar berdi.

Bu Olmazor va Yunusobod tumanlarining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi elektr uzatish tarmog‘idagi temir tayanch ustunlariga elektr qurilmalarni o‘rnatish ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida amalga oshirilishi qayd etilgan.

Xususan, tumanlarning quyidagi nuqtalari elektr ta’minotidan vaqtincha ajratiladi:

  • Olmazor tumanining “Ibrohim ota”, “Chuqursoy”, “Ahil” va “Moyariq” MFYlarida aholi xonadonlari hamda Jome mavzesining tadbirkorlik nuqtalari;
  • Yunusobod tumanining “Hasanboy”, “Katta Hasanboy”, “Sharq haqiqati”, “Turkiston”, “Yo‘lariq”, “Akbarobod” va “Tiklanish” MFYlarining ayrim ko’chalari va Issiqlik markazi.

“O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz” deyiladi xabarda.


Avvalroq aholi va tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan elektrni sotish va unga subsidiya olish tartibi tasdiqlangandi.