O‘zbekistonda kambag‘al oilalar soni 1,3 mlnni tashkil etadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi taqdim etgan ma’lumotlarda keltirilgan.

Unga ko‘ra mamlakatda kambag‘allik darajasi 14,1%ni (2022-yilda 17%) tashkil etadi.

Yil yakunigacha mazkur ko‘sartkichni 12%ga (1,2 mln oila) tushirib, 130 mingga yaqin oilani (1 mln aholi) kambag‘allikdan chiqarish belgilangan.

Hududlar bo‘yicha eng past kambag‘allik darajasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — 8,5%. Undan keyingi o‘rinlarda esa Navoiy (9,2%) hamda Farg‘ona (11,6%) turibdi.

Kambag‘allik darajasi eng yuqori hudud esa Qoraqalpog‘iston bo‘lib, ko‘rsatkich 19,7%ni tashkil etadi.

Undan keyingi o‘rinlardagi yuqori ko‘rsatkichlar esa Sirdaryo (19,5%) va Xorazm (19,1%) hissasiga to‘g‘ri keladi

Ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitdan kelib chiqib, mamlakatdagi 208 ta shahar va tumanlar 5 ta toifaga ajratilgandi.

Unga ko‘ra, 20 ta tuman 5-toifaga (9,6%) kiritilgan. Shundan 6 tasi esa (Bo‘zatov, Kegeyli, Qonliko‘l, Mo‘ynoq, Taxtako‘pir, Shumanay) Qoraqalpog‘istondagi tumanlar hisoblanadi.

May oyida prezident kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Xususan, Xitoy tajribasi asosida har bir viloyatda bittadan tumanni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha alohida dastur joriy etilishi hamda kredit va subsidiyalar har bir kambag‘al oilaga alohida yondashuv asosida taqdim etilishi belgilangan.

1-iyul holatiga mamlakatda jami ishga joylashgan xodimlar soni 5,5 mlnnitashkil etib, 553,7 mingtasi bandlik bo‘limlari orqali (2022-yilning 3-martidan boshlab), 4,9 mlni mustaqil ravishda ishga joylashgan.