IT infratuzilmasi uskunalari ta’minoti va raqamli transformatsiya yechimlari bo‘yicha tez rivojlanayotgan Lenovo kompaniyasi Markaziy Osiyoda ehtiyot qismlar omborlari ochilganini e’lon qildi. Bu Lenovo`ga bozordagi ishtirokini kuchaytirish va mintaqadagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash imkonini beradi.

reklama

“Kompaniyamizning ehtiyot qismlari omborlarini ochish Markaziy Osiyo bozoridagi o‘rnimizni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, bu bizga nafaqat mijozlarimizga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, balki mintaqada mavjud bo‘lgan professional xizmatlar portfelini kengaytirish va mijozlarga uskunalarning kafolatlangan holda qayta tiklanish muddati bilan xizmat ko‘rsatishni taklif qilish imkonini beradi. Maqsadimiz mintaqa va dunyoda AKT infratuzilmasi sohasidagi yechimlarning eng yirik, ishonchli ta’minotchisiga aylanishdir”, — deb izoh berdi Lenovo Infrastructure Solutions Group (ISG) kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi bosh direktori Andrey Kutukov.

Lenovo O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘istonda joylashgan uchta omborda, ushbu mamlakatlardagi mijozlariga servis va kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun ehtiyot qismlarini, shuningdek, joriy va kelajakda yetkazib berish uchun ma’lumotlar markazi, ma’lumotlarni saqlash tizimlari va ish stansiyalarini ta’mirlash va saqlashni rejalashtirmoqda.

reklama

Mahalliy omborlarning mavjudligi kerakli mahsulotlarni mijozga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ombordan jo‘natish imkonini beradi. Bundan tashqari, omborlarning bunday joylashuvi hatto kichik aholi punktlarini ham zarur ehtiyot qismlari bilan ta’minlash va mintaqaning boshqa mamlakatlariga yetkazib berish va taqsimlash habiga aylanish imkonini beradi.

“Markaziy Osiyoda ehtiyot qismlarining yangi omborlari ochilishi Lenovo kompaniyasining mintaqadagi o‘rnini mustahkamlash strategiyasining bir qismidir. Bu mijozlarga zarur IT infratuzilma tizimlarni yetkazib berish va ta’minlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi va soddalashtiradi. Biz uskunalarning butun hayotiylik davri mobaynida ta’minot zanjirining samaradorligi va ishonchliligi muhimligini tushunamiz va shuning uchun o‘z ombor bazamiz, servis va kafolatli xizmat ko‘rsatishni rivojlantirishga sarmoya kiritmoqdamiz”, — deya ta’kidladi servis biznesini rivojlantirish bo‘limi kata menejeri Denis Taranov.

Toshkent va Olmaotadagi Lenovo`ning yangi omborlari UPS (United Parcel Service) xalqaro logistika kompaniyasi negizida ishlay boshladi, DiVi esa Lenovo`ning Bokudagi logistika hamkoriga aylandi. Bunday ish formati Lenovo`ning ushbu hamkorlar bilan yuqori texnologiyali mahsulotlarni tashish va logistika sohasidagi uzoq va ijobiy hamkorlikning tajribasi bilan bog‘liq.

Mintaqa bo‘ylab yangi, xaftada 24 soat ish tartibida ishlaydigan taqsimot omborlari tarmog‘i bilan Lenovo o‘z mijozlari va buyurtmachilariga sotib olingan mahsulot va xizmat ko‘rsatish darajasiga qarab ehtiyot qismlarini yetkazib berishning quyidagi oraliqlarini taklif qila oladi: keyingi ish kunida, muammo aniqlangandan so‘ng to‘rt soat ichida yoki ariza ro‘yxatga olingan davrdan so‘ng 6 — 24 soat ichida.


Lenovo qiymati $62 mlrd ortiq bo‘lgan kompaniya bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 77 ming kishi ishlaydi va har kuni 180 mln mijozga xizmat ko‘rsatadi. Barcha uchun aqlli texnologiyalarning dadil tasavvuriga e’tibor qaratgan holda, Lenovo dunyodagi yirik shaxsiy kompyuter ishlab chiqaruvchisi sifatida muvaffaqiyatga erishdi va shu bilan birga serverlar, ma’lumotlarni saqlash sistemasi, mobil qurilmalar, yechimlar va xizmatlar kabi rivojlanishning muhim sohalariga kirishda davom etdi. O‘tgan yili Lenovo hamkorlar tarmog‘ini rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish takliflari portfelini kengaytirish, Markaziy Osiyo mintaqasida ehtiyot qismlar omborlarini qurishga investitsiyalar hajmi oshganini e’lon qildi. Bugungi kunda kompaniya mijozlari va hamkorlari Premier Support kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlash dasturidan, shuningdek, Lenovo 360 platformasidan foydalanishlari mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.