2-dekabr kuni Amity universitetida Graduation Ceremony: Class of 2023 nomli bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosim O‘zbekiston madhiyasi ijrosi bilan tantanali ravishda boshlandi. Amity Education Group vakili Amol Chauhan bitiruvchilarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularni o‘z orzulari sari odimlashda davom etishga undadi.

amity universiteti, reklama

“Siz O‘zbekistonning kelajagisiz, men olgan bilimlaringizda mamlakatingiz va dunyoga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun foydalanishingizga ishonaman. Yo‘lingizda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelasiz, lekin ularni yengishingizga ishonaman”, — dedi o‘z tabrik so‘zida Amol Chauhan.

amity universiteti, reklama

Marosimda bitiruvchilar, ularning oila a’zolari, do‘stlari, professor-o‘qituvchilari, xodimlar hamda bitiruvi bilan tabriklash uchun yig‘ilgan faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Marosim universitetning sifatli ta’lim berishga va talabalarni muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatga tayyorlashga intilishining isboti bo‘ldi.

amity universiteti, reklama

Marosim davomida bitiruvchilar universitetda o‘tkazgan vaqtlari va ularning ilmiy yo‘llarini shakllantirgan tajribalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashish imkoniga ega bo‘ldilar. Ular o‘qish davomida ko‘rsatgan ko‘mak va yo‘l-yo‘riqlari uchun professor-o‘qituvchilari, ustozlari, hamkasblari va ota-onalariga minnatdorchilik bildirib, xotira uchun suratga tushdilar. Har bir bitiruvchining ota-onalari farzandlarining universitetni bitirganidan faxrlanishdi.

2023-yilda Toshkent shahridagi Amity universitetining 170 ga yaqin talabalari bakalavr darajasini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bakalavr darajasi axborot texnologiyalari, kompyuter injiniringi, iqtisodiyot, turizm boshqaruvi va biznes boshqaruvi kabi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga berildi. Bitiruvchilarning 70% dan ortig‘i ish bilan ta’minlangan bo‘lib, ularning aksariyati o‘z mutaxassisligi bo‘yicha Huawei, UzCard, Uztelecom, Aloqabank, EPAM, UzAuto va boshqa kompaniyalarda ishlamoqda.

amity universiteti, reklama

Toshkent shahridagi Amity universiteti O‘zbekistondagi yetakchi xususiy universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet bakalavriat va magistratura dasturlarining keng doirasini taklif etib, shuningdek, Hindistondagi yirik xususiy ta’lim guruhlaridan biri bo‘lgan Amity Education Group a’zosi hisoblanadi

Amity Education Group 150 ming dan ortiq talaba va 10 ming dan ortiq o‘qituvchilarga ega bo‘lgan Hindistondagi yetakchi xususiy taʼlim guruhlaridan biridir. Amity muhandislik, texnologiya, biznes, huquq, tibbiyot va mehmondo‘stlik kabi turli fanlar bo‘yicha bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlarini taklif etadi. Bugungi kunda Amity Education Group tarkibiga 11 ta universitet kiradi. Hindistondan tashqari Buyuk Britaniya, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, AQSH, Mavrikiy, Xitoy, Niderlandiya, O’zbekiston, Janubiy Afrika va Ruminiyada 25 ta maktab va 16 ta xalqaro kampuslar mavjud.

amity universiteti, reklama

Toshkent shahridagi Amity universiteti O‘zbekiston prezidentining 2019-yil 7-yanvardagi PQ-4097-son qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, 2019−2020 o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini yuritib keladi. Bakalavriat taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha Axborot texnologiyalari, Iqtisodiyot, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi, Kompyuter injiniringi hamda Xalqaro boshlang‘ich ta’lim kabi ta’lim yo‘nalishida dastlabki talabalar qabul qilindi. Magistratura bosqichida Axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha ham talabalarni qabul qilish jarayonlari joriy etilgan.

amity universiteti, reklama

Universitetining asosiy maqsadi ilg‘or xalqaro ta’lim standartlari darajasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish va undan samarali foydalanish uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

Ayni paytda Toshkentdagi Amity universitetida 700 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olingan Hindistondagi Amity universitetining namunaviy diplomi taqdim etiladi.

Telefon: (+998) 71−207−90−06.

Sayt: amity.uz
Instagram: @amity_tashkent
Telegram: t.me/AmityUniversityTashkent
Facebook: fb.com/amityuniversityuz
YouTube: Amity University Tashkent

Reklama huquqlari asosida.