Joriy yilda 10ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozir jami 32ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan 37ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Avtobuslar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga harakatlanadi.

Dastlabki to‘rt oyda ular tomonidan 173 ming nafar yo‘lovchi tashilib, ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 15%ga oshgan.

Joriy yil davomida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Shaxrisabzdan jami 10ta yangi xalqaro yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar qatnovi amalga oshiriladi:

  • Samarqand — Bishkek;
  • Buxoro — Bishkek;
  • Buxoro — Ostona;
  • Samarqand — Turkiston;
  • Buxoro — Turkiston;
  • Shaxrisabz — Turkiston;
  • Samarqand — Dushanbe;
  • Buxoro — Dushanbe;
  • Toshkent — Ufa;
  • Toshkent — Krasnodar.

Avvalroq Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yana boshlangani haqida xabar berilgandi. Yo‘lkira narxi 20 ming so‘mni tashkil etib, avtobus Mashinasozlar metro bekatidan harakatlanadi.