“Uzbekistan Airways” Farg‘ona xalqaro aeroportidan amalga oshiriluvchi aviaqatnovlarni vaqtinchalik bekor qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Aeroport rekonstruksiya qilinishi sabab 7-dekabrdan 31-yanvargacha Farg‘onadan va ortga amalga oshiriluvchi barcha parvozlar to‘xtatiladi.

Ba’zi reyslar esa belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgartiriladi. Xususan, Farg‘ona — Jidda — Farg‘ona yo‘nalishidagi parvozlar Namangan xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, Rossiyaga harakatlanuvchi barcha qatnovlar Toshkent xalqaro aeroporti orqali olib boriladi.

Bu bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni kompaniya saytidan yoki +998 78 140 02 00 raqami orqali olish mumkin.

Avvalroq “Uzbekistan Airways” talabalar uchun 50% chegirma e’lon qilgandi. Undan joriy yilning 23-dekabridan kelasi yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlardagi parvozlar uchun foydalanish mumkin.