Aprelda O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari sezilarli oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning 1-may holatiga ko‘ra, mamlakat zaxiralari $918 mlnga oshib, $35,1 mlrdni tashkil etdi.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori $8,02 mlrdni tashkil etib, bir oyda $238,6 mlnga pasaydi.

O‘zbekiston Markaziy bankining boshqa mamlakatlar markaziy banklari hamda XVJdagi depozitlari hajmi sezilarli — $416,4 mlngacha oshdi.

Bundan tashqari, boshqa xorijiy moliya institutlarining hisobvaraqlaridagi mablag‘lar miqdori $316,1 mlnga pasayib, $7,6 mlrdni qayd etdi.

Mamlakat oltin zaxiralari sezilarli darajada oshib, may oyi boshida $25,37 mlrdni tashkil etdi. Uning qiymati jahondagi rekord darajadagi narxlar fonida $1,16 mlrdga oshdi.

Shuningdek, zaxiradagi oltinning fizik hajmi bir oy oldingi darajada qoldi — 11,5 mln troy unsiya (356,45 tonna).

Aprel oyida oltinning narxi $2207dan $2314,8gacha ko‘tarilib, buning ta’siri +$1,2 mlrdni tashkil etdi.

O‘zbekiston mart oyida oltin sotish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi. Mamlakat Markaziy banki mart oyida xorijga 11 tonna oltin sotgan.