Fuqarolar “Ijtimoiy reyestr” va “mahalla yettiligi” qarorlari ustidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali shikoyat qilishi mumkin. Bu haqda Yagona portal Telegram kanalida ma’lum qilindi.

Shikoyatlar my.gov.uz orqali elektron tarzda qabul qilinadi hamda tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Kengash quyidagi masalalar bo‘yicha shikoyatlarni ko‘rib chiqadi:

  • oilani “Ijtimoiy reyestr"ga kiritish rad etilgani;
  • “mahalla yettiligi” rasmiylashtirgan savolnoma, xulosa va dalolatnomalarni qisman yoki to‘liq bekor qilish;
  • “mahalla yettiligi” zimmasiga hujjatlarga o‘zgartirish kiritish majburiyatini yuklash.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 15 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Kengash majlislari zaruratga qarab, biroq kamida oyiga bir marta o‘tkaziladi.

“Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalar davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy yordam va kompensatsiyalarni olish huquqiga ega bo‘ladi.

Avvalroq Spot 15-noyabrdan suyultirilgan gaz narxi 5 ming so‘mga oshirilishi, ehtiyojmand oilalarga esa kompensatsiya to‘lanishi haqida yozgan edi.