“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Undan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari mahalliy yo‘nalishlar uchun foydalanishlari mumkin.

Chegirma joriy yilning 23-dekabridan boshlab 2024-yilning 7-yanvarigacha bo‘lgan aviaqatnovlarga amal qiladi.

Aviachiptalarni kompaniya saytidan, aviakompaniya agentlaridan, shuningdek, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 9-bino manzilida joylashgan “Uzbekistan Airways Sales” filialidan xarid qilish mumkin.

Avvalroq aviakompaniya barcha xalqaro reyslarga 20% chegirma e’lon qilgandi. Chiptalarni bir hafta davomida, ya’ni joriy yilning 23-noyabridan 30-noyabrigacha xarid qilish mumkin edi.