“Google” o‘zining “Bard” chat-botining “Bard Advanced” deb nomlangan ilg‘or versiyasini ishlab chiqmoqda.
Qayd etilishicha, u “Google One” obunasining bir qismi sifatida taqdim etiladi va pullik bo‘ladi.
Sun’iy intellektning yangi talqini “Gemini Ultra” modeliga asoslangan. “Gemini Pro” o‘rta darajadagi til modeli ustiga qurilgan “Bard"ning joriy versiyasiga qaraganda botning yangi versiyasini yanada rivojlantiradi.
“Bard Ultra” ilg‘or matematika va fikr yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan kattaroq til modelidir.
“Google” chat-bot uchun yanada optimallashtirilgan va ilg‘or so‘rovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi yangi sun’iy intellekt xususiyatini taqdim etishi mumkin.
Shuningdek, foydalanuvchilarga yangi “Vazifalar” bo‘limi ham taqdim etilishi mumkin, unda murakkabroq vazifalarni bajarish jarayoni aks ettiriladi, masalan, matn tavsifidan tasvirlar yaratish.