2024-yilda soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Xususan, tamaki, alkogol va benzin mahsulotlari uchun soliq stavkalarining yangi miqdorlari belgilandi.

hafta yakuni


Korzinka marketing direktori Malik Karimov o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Mazkur materialda u ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni


Markaziy bank aholiga ipoteka va avtokreditlar berish uchun talablarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Shuningdek, regulyator qarz oluvchilarning kredit xavfini baholash uchun yangi ko‘rsatkichlarni joriy etishni taklif qilmoqda.

hafta yakuni


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Shavkat Mirziyoyev energetika tizimining rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishni topshirdi.
    Agrovoltaika amaliyotini joriy etish imkoniyatini o‘rganish va bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq takliflar kiritishga ko‘rsatma berildi.
  2. 2023-yildagi rasmiy inflyatsiya minimal darajani yangiladi.
    O‘sishning tezlashuviga qaramay, dekabr oyida narxlar oshishi so‘nggi yillardagi eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
  3. NAPP Binance kripto-birjasiga 102 mln so‘m jarima soldi.
    Bunga kripto-birjaning O‘zbekiston hududida faoliyatini tashkil etish uchun tegishli litsenziya olmagani va yana bir qator qonun buzilish holatlari sabab bo‘lgan.
  4. O‘zbekiston 2026-yilgacha AI-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechishni rejalashtirmoqda.
    Ishlab chiqarishni to‘xtatish elektromobillarni ommalashtirish, AI-92 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
  5. Germaniya konstitutsiyaviy sudi Alisher Usmonovning da’vosini qabul qilmadi.
    Qayd etilishicha, sud Usmonovning unga tegishli Dilbar yaxtasidagi tintuvlarga qarshi da’vosini ko‘rib chiqish uchun rasmiy asoslar yetarli emas deb hisoblagani uchun rad etgan.
  6. Google’ga raqobatchi bo‘lgan yangi qidiruv tizimi ishga tushirildi.
    Yangi qidiriuv tizimi Perplexity deb nomlanib, u ChatGPT va Copilot sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan.
  7. Telegram bir martalik ovozli xabar jo‘natish funksiyasini qo‘shdi.
    Bunday ovozli xabarni boshqaga jo‘natib bo‘lmaydi va u qabul qiluvchi tinglashi bilanoq o‘chib ketadi.
  8. BYD elektromobillar sotuvi bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi.
    Xitoy kompaniyasining choraklik savdosi 526,4 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, Tesla esa 484,5 mingta elektromobil sotgan.
  9. Rossiyada migrantlarga oid yangi buyruq kuchga kiradi.
    Unga ko‘ra, 7-yanvardan mehnat migrantlari ishga joylashgani to‘g‘risida Rossiya Ichki ishlar vazirligini oldindan xabardor qilishi kerak bo‘ladi.
  10. Chiqindi pulini to‘lamaganlarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.
    Shuningdek, maishiy chiqindi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lsa, ko‘chmas mulk va avtomobil oldi-sotdi shartnomasi notarial tasdiqlanmaydi.