“Telegram” navbatdagi yangilanishida bir martalik ovozli xabarlarni yuborish funksiyasini qo‘shdi. Bu haqda “Unian” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunday ovozli xabarli qabul qiluvchi tinglashi bilanoq ular yo‘qoladi.

Funksiyadan foydalanish oson bo‘lib, ovozli xabar yozib olayotganda mikrofon belgisini bosib turish va so‘ng tepaga suring ham aylana ichidahi “1” tugmasini bosish kerak.

ovozli xabar, telegram

Ta’kidlanishicha, bunday xabarni boshqaga yuborib bo‘lmaydi va ekranni yozib olishda ovoz o‘rniga sukunat bo‘ladi.

Messenjer yangilanishida qo‘shilgan yangi funksiya allaqachon iOS va Android qurilmalarida mavjud.

O‘tgan yil dekabr oyida “Telegram"da mashhur “Voicemod” ovoz o‘zgartirish vositasi paydo bo‘lgan edi.

Endilikda messenjer foydalanuvchilari qo‘ng‘iroq paytida ovozini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi.