“Solos” kompaniyasi turli tillarga tarjima qilish funksiyasi bilan jihozlangan va “ChatGPT"dan foydalanadigan “AirGo 3” aqlli ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Bu haqda “Yahoo” nashri xabar berdi.

Yangi mahsulot real vaqtda aniq va tabiiy tarjimani ta’minlovchi ilg‘or tabiiy tilni qayta ishlash tizimidan foydalanadi.

Qurilma ikki yo‘nalishda ishlaydi, bu nafaqat chet tilini tushunish, balki gaplashish imkonini ham beradi. Bu uni xalqaro aloqa uchun ideal vositaga aylantiradi.

“AirGo 3” bir nechta tarjima rejimlarini taklif etadi, jumladan:

  • yakkama-yakka suhbatlar uchun tinglash rejimi;
  • bir nechta foydalanuvchilar bilan tarjima qilingan munozaralarni boshlash va ularga qo‘shilish imkonini beruvchi guruh rejimi;
  • “Solos” smartfon ilovasi orqali tarjima qilingan xabarlarni matnga aylantirish imkonini beruvchi matn rejimi.

Tarjima funksiyasidan tashqari, “AirGo 3” ovoz balandligini boshqarish uchun datchikli sensor, USB-C zaryadlash, retsept bo‘yicha linzalarni o‘rnatish qobiliyati, batareyaning 10 soatlik ishlash muddati va IP67 suvga chidamliligiga ega.

“Solos” “AirGo3” aqlli ko‘zoynaklarining og‘irligi bor-yo‘g‘i 30 gramm va narxi tanlangan uslubga qarab $199 va undan yuqori turadi.

“Google” tomonidan e’lon qilingan shunga o‘xshash xususiyatlarni “Google I/O 2022"da taqdim qilgabdi, ammo bu ko‘zoynaklar hech qachon ommaga chiqarilmadi.

Xuddi shunday “Meta” “Ray-Ban” aqlli ko‘zoynaklarining o‘xshash xususiyatlari hali ham beta-versiyada va hali mijozlar uchun mavjud emas.

Qayd etilishicha, “Solos” ushbu yangi xususiyatli ko‘zoynaklarini 2024-yil yanvar oyi oxirigacha foydalanishga topshirishni maqsad qilgan.