Beeline Uzbekistan raqamli operatori bilan hamkorlikda VEON AdTech raqamli mahsulotlarni ishlab chiqishda davom etmoqda. Geoanalitikani takomillashtirish asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. 2023-yilda kompaniya mutaxassislari vositani modernizatsiya qilishdi va unda maqolada muhokama qolinadigan yangi xususiyatlarni joriy qilishdi. Yangilanishlar mijozlarni aniqroq ma’lumotlar bilan ta’minlaydi va xizmatdan mustaqil foydalanish imkoniyatini beradi.

Geointerfeysdagi aniq ma’lumotlar

VEON AdTech doimo intuitiv ravishda tushunarli va kuchli geotahlil vositasini mijozlarga ochiq foydalanish uchun taqdim etishga intiladi. Endi esa hech bir mubolag‘asiz aholining portreti va lokatsiyalar qatnovini ham ko‘rib borish mumkin. Ishlab chiqilgan geointerfeys mijozlarga hududlarni tanlash va kerakli ko‘rsatkichlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaritada tahlil qilish imkonini beradi. Unda joylarning statistik ko‘rsatkichlari — aholi zichligi, savdo nuqtalari, piyodalar va transport vositalari harakati va so‘nggi tendensiyalar haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Bunday yangilanishlar kompaniyalar uchun shubhasiz yangi istiqbollarni ochadi. Maqsadli auditoriya haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirib, kompaniyalar ular bilan maqsadli munosabatda bo‘lishlari mumkin bo‘ladi. Geoma’lumotlarni samarali tarzda boshqarish, va ma’lumotlarning to‘liq tahlili esa asosli qarorlar qabul qilish va reklama kampaniyalarida geoanalitikadan samarali foydalanishga yordam beradi.


Tafsilotlar uchun geoqatlam

Geoanalitika aniqroq bo‘lishi uchun kompaniya ikkita asosiy yangilanishni amalga oshirdi. Ulardan biri — geoqatlam tizimidan foydalanish.

Geoqatlam — bu geoma’lumotlar bilan bog‘langan ma’lumotlar: viloyatlar, shaharlar, tumanlar va shaharning batafsil joylashuvi to‘plami. Ular asosida foydalanuvchi turli xil xaritalarni yaratishi va ularni dashboardlarga qo‘shishi mumkin.

Ular o‘zaro tahlil qilish uchun biznes manfaatlaridan kelib chiqib hududlarni belgilaydi. Geoqatlam nafaqat geografik joylashuvni, balki aholi zichligi, ijtimoiy-iqtisodiy holati va auditoriyaning xulq-atvor xususiyatlari kabi boshqa parametrlarni ham hisobga oladi. Bunday imkoniyat bilan foydalanuvchilar biznes qarorlarini qabul qilish uchun oldindan ma’lumotlar sozlamalarini birlashtirishi va tahlil qilishi mumkin. Bu maqsadli geografik hududni tahlil qilish, targetingni yaxshilash, biznes uchun maqbul joyni tanlash va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi.

Kvadratlar o‘rniga geksagonlar

Beeline Uzbekistan biznes xizmatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirilmoqda. Geografik me’yorlashtirish va ma’lumotlarni to‘plashda aniqlikni oshirish uchun VEON AdTech olti burchakli (geksagon) tizimdan foydalanishga qaror qildi.

Texnik nuqtai nazardan, olti burchakli to‘r IT sanoatida maqbul variant sanaladi, chunki u har qanday sohani mukammal va ortiqcha to‘siqlarsiz birdek qamrab olish imkonini beradi.

reklama, veon adtech

Olti burchakli to‘rda ma’lumotlarni yig‘ish bir qator afzalliklarga ega:

  • o‘zining geometriyasi tufayli harakatlarni tahlil qilish va hududiy aloqalarni o‘rnatishdagi xatolarni kamaytiradi;
  • yer yuzasining egriligidan paydo bo‘lgan katta maydon bilan ishlashda kamchiliklarni sezilarli darajada qisqartiradi;
  • batafsil ma’lumotlarni to‘plash va tegishli qonuniyatlarni ajratib olish imkonini beradi.

Ushbu yondashuv geografik hududlarni to‘g‘ri aniqlash va geotargeting sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Beeline Uzbekistan geoanalitika vositasining takomillashtirilishi reklama va marketing sohasidagi kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlarni ochib, ularga maqsadli auditoriya bilan yanada samarali muloqot qilish va geografik ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish asosida reklama kampaniyalarini optimallashtirish imkonini beradi. Yangilangan xizmatdan 2024-yilning mart oyidan boshlab foydalanish mumkin.


VEON AdTech — raqamli va perfomance marketing, hamda zamonaviy reklama texnologiyalarini, jumladan, o‘zining dasturiy platformalarini rivojlantirib boruvchi VEON kompaniyalar tarmog‘ining bir qismi hisoblanadi.

Shuningdek, kompaniya Big Data, sun’iy intellekt va Machine-learning texnologiyalaridan keng foydalanadi. VEON AdTech yuqori aniqlikdagi targeting, bozor ehtiyojlarini o‘rganish va do‘konlardagi mijozlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish xizmatlarini taklif qiladi. Raqamli marketing xizmatlari esa har qanday masshtabdagi biznesga, shuningdek, davlat sektoriga mo‘ljallangan.

Telefon: (+998) 90−399−58−11.

Facebook: fb.com/VEON.AdTech
Telegram: t.me/VeonAdTech
Twitter: twitter.com/VEON_AdTech
LinkedIn: linkedin.com/company/veon-adtech

Reklama huquqlari asosida.