O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12484,94 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 15 so‘m 07 tiyinga pasaydi.

Markaziy bankning 22-fevraldagi e’lon qilgan valyutalar kursida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi 12508 (+19,52) so‘mni tashkil qilgandi.

23-fevral kuni esa valyuta birjasida dollar kursi 18 so‘mga pasayib 12490 so‘mni tashkil qildi. 26-fevralda dollar kursi 9 so‘m 10 tiyinga pasayib, 12480 so‘mni tashkil qildi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasining rasmiy kursi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Undan keyin Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berdi.

Asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi ichki valyuta bozoridagi taklif hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Natijada, ichki valyuta bozorida so‘m almashuv kursi devalvatsiyasi sur’atining biroz tezlashishi kuzatildi.