Markaziy bankning 2024-yil 19-mart holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12559 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 15-mart kuni belgilangan 12570 so‘m qiymatga nisbatan 10 so‘m 14 tiyinga pasaydi.

19-mart kuni “KDB Bank Uzbekistan”, “Ipotekabank” va “Infinbank"da sotish kursi 12625 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12630 so‘mdan 12570 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12495 so‘mdan 12535 so‘mgacha yetdi.