O‘zbekistonda o‘rta biznesning qarz mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoji qariyb $12 mlrdni tashkil etadi.

Bu haqda 19-mart kuni Markaziy bankda o‘tkazilgan mikrobiznes, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha seminardagi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)ning moliya bo‘yicha global eksperti Mari-Paul Klaes taqdimotida aytildi. (“Spot"da mavjud).

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda 5,5 mln o‘rta tadbirkorlik korxonalarining qarz mablag‘lariga bo‘lgan talabi $11,8 mlrdga baholangan. Biroq, bu soha hali boshlang‘ich holatda qolmoqda.

O‘rta biznesni kreditlash atigi 47%ga qondirilgan, $6,3 mlrdga bo‘lgan talab esa qondirilmasdan qolmoqda.

Bundan tashqari, qarz mablag‘larining 83%i davlat banklari, 16,8%i esa xususiy banklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Lombardlar va mikromoliya tashkilotlari bu jarayonda deyarli ishtirok etmaydi.

Davlat banklari orqali moliyalashtirish sxemalari muammoli kreditlarning yuqori riski uchun ham ishonchsiz hisoblanadi.

XMKning ta’kidlashicha, mavjud kreditlash shartlari yirik korxonalarni moliyalashtirishga qaratilgan va bank filiallari yoki bankomatlar orqali kredit berish kanallari an’anaviy deb hisoblanadi.

Bundan tashqari, mikromoliya tashkilotlari va lombardlar birinchi navbatda jismoniy shaxslarga iste’mol kreditlari beradi.

Fintex o‘rta biznesga kreditlar yoki boshqa moliyaviy xizmatlar taklif qilmasdan, fuqarolar, biznes va hukumat o‘rtasidagi to‘lovlarni osonlashtirishga qaratilgan. Lizing kompaniyalari ham o‘rta tadbirkorlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanmaydi.

Avvalroq Markaziy bank mikromoliya banklari faoliyatiga ruxsat berishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi. Mazkur kredit tashkilotlari uchun ustav kapitali miqdori 50 mlrd so‘mdan 500 mlrd so‘mgacha belgilanadi.